Baxtli oila qurish – bu tasodif emas, ilm va sabr natijasidir. Ushbu kitob har bir musulmon oilasi uchun haqiqiy qo‘llanma hisoblanadi.
✔ Nikohning asl ma’nosi va ahamiyati
✔ Er-xotin huquq va majburiyatlari
✔ Oila ichidagi mehr-muhabbat va hurmat
✔ Janjal va kelishmovchiliklarni hal qilish yo‘llari
✔ Farzand tarbiyasi va ota-onaning mas’uliyati
✔ Qur’on va hadislar asosida hayotiy tavsiyalar
To‘yga, fotiha marosimiga yoki yaqinlaringizga foydali va savobli hadya sifatida juda mos.
📚 Sodda va tushunarli tilda yozilgan
📌 Islomiy manbalarga asoslangan
💚 Oila tinchligi va barakasi uchun amaliy qo‘llanma
Baxtli oila qurishni istaysizmi? Unda bu kitob siz uchun ayni muddao!
Ushbu kitob Islom dinining oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va batafsil sharhi bo‘lib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim bo‘lgan barcha masalalarni ao‘z ichiga oladi. Kitobda insonga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, aqiyqa, farzand tarbiyasi, silai rahm, taloq, idda va shu kabi ko‘plab dolzarb mavzulardagi ta’limotlari orqali bugungi kunda qator muammolar muhokama qilinadi, oyatlar, hadislar hamda salaf solihlarning hayoti misolida musulmonning baxtli oilaviy hayot dasturi ko‘rsatib beriladi.

