Serhat Yabanchining “Zehn tuzoqlari” kitobi oila va munosabatlar mutaxassisi tomonidan yozilgan bo‘lib, inson o‘zi qazigan chuqurga qanday tushib qolgani va undan qanday chiqish yo‘llarini batafsil bayon qiladi. Kitobda qadrsizlik, o‘ziga ishonmaslik, sustkashlik, yolg‘izlik qo‘rquvi, “hech kim meni yaxshi ko‘rmaydi” degan fikrlar bilan kurashish usullari, ichki bloklar, “qurbon” tuzog‘i, “seni yaxshiliging uchun” degan zaharli so‘zlar va ruhiy tinchlikka erishish yo‘llari chuqur tahlil qilinadi. Muallif “Qanday o‘ylasangiz, shunday his qilasiz” degan tamoyil orqali o‘quvchini o‘z fikrlarini o‘zgartirishga va hayotni yangicha ko‘rishga chorlaydi. “Vohid g‘alla barakasi” nashriyoti tomonidan 2025 yilda chop etilgan bu kitob ruhiy jarohatlardan chiqmoqchi bo‘lgan, o‘zini yaxshiroq tushunmoqchi bo‘lgan va ichki tinchlik izlayotgan har bir inson uchun chinakam shifo va yo‘l ko‘rsatuvchi manba bo‘lib, “o‘zingizga o‘zingiz yordam bering” tamoyilini o‘rgatadi. 📦 Kitob sifati va texnik xususiyatlari: Nashr yuqori sifatda tayyorlangan bo‘lib, estetik zavq va qulaylikni ta’minlaydi. Bichim: 84x108/32 (A5) Yumshoq muqova — mustahkam, nafis va uzoq muddat saqlashga mos Ofset qog‘oz — silliq, oppoq, ko‘zga yoqimli va o‘qish uchun qulay Dizayn: Tipografik bezak — professional sahifalash, aniq shrift (Merriweather), muvozanatli kompozitsiya Nashriyot: Vohid g‘alla barakasi ISBN: 978-9910-8804-6-9 Nashr yili: 2025 Muallif: Serhat Yabanchi Sahifalar soni: 176

