Roman markazida Istanbulda yashaydigan jurnalist Ibrohim turadi. Bolalikdagi do‘sti Husaynning vafoti haqidagi xabar uni tug‘ilib-o‘sgan Mardin shahriga qaytishga undaydi. Ibrohim do‘stining hayotini o‘rganar ekan, uning urush va zulmdan qochib kelgan ezidiy qiz Meleknazga bo‘lgan muhabbati haqida bilib oladi.
Asarda Yaqin Sharqdagi urushlar, majburiy ko‘chish, qochqinlar taqdiri, zo‘ravonlik, insoniy mehr va vijdon kabi mavzular yoritiladi. Muallif sevgi va azobni bir-biriga bog‘lab, o‘quvchini inson hayotining qadri, adolat va rahm-shafqat haqida chuqurroq o‘ylashga chorlaydi.
Muallif: Livaneli. Muqovasi: Yumshoq. Qog'oz turi: Oq. Yozuv/tili: Lotin/O'zbek. Sahifalar soni: 144 bet. Nashriyot: Oltin Qalam.
🛒 «Xuzursizlik» kitobini savatga qo‘shing — o‘zingiz uchun yoki yaqinlaringizga sovg‘a sifatida.

