• Muqovasi: Yumshoq
• Varoqlar soni: 182
Osmon kenglik, ozodlik, buyuklik demak. Kabutardek charx uchib samoga uchmoq uchun faqat qanotlarning o'zi kifoya qilmaydi. Bu ish jasorat talab qiladi! Odam ucha oladimi? Aslo "Yo'q!" deya ko'rmang. Inson ishq osmonida, muvaffaqiyatlar, yutuqlar samosida, baxtu saodat fazosida parvoz qila oladi. Buning uchun har kishining o'ziga xos qanoti bo'ladi. Biroq ko'pchilikka jasorat yetishmaydi. Aksariyat odamlar o'ziga ishonmagani o'zini layoqatsiz no'noq deb bilgani ruhiyatidagi bo'shliqlar, ongiga o'rnashib qolgan zararli fikr qoliplari sabab o'zini chorlab turgan osmonlarga parvoz eta olmaydi. Ushbu kitob qalbingizga uchish uchun jurat uyg'otadi. Ongingizdagi zanjirlarni parchalab tashlashga ko'mak beradi. O'qing, parvoz eting, osmon sizniki!

