• ISBN: 978-9943-6463-1-5
• Muallif: Sayyid Mubashshir Taroziy
• Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
• Nashriyot: «Hilol» nashriyot-matbaasi
• Sana: 2023 (2019, 2012, 2021)
• Hajmi: 128 bet
• O‘lchami: 13.5×21.0 sm
• Alifbosi: kirill
• Tili: o‘zbek
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yildagi 6590-raqamli xulosasi asosida chop yetildi.
Bundan yuz yilcha muqaddam yozilgan ushbu ixcham risola Movarounnahrdan yetishib chiqqan, iymonini sovetlar tuzumi tazyiqidan saqlab qolish maqsadida ko‘p yillar muhojirlikda yashagan ulug‘ olim va adib Sayyid Mubashshir Taroziy qalamiga mansub. Islom diniga doir ellikka yaqin kitob muallifi o‘zining bu asarida kitobxonga Allohning tavhidini, insoniyatning ruhiy-ma’naviy tabiblari bo‘lmish payg‘ambarlar risolatini, haq va botil orasidagi farqni tanishtiradi, qator diniy, ijtimoiy va siyosiy muammolarga duchor bo‘lib, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan G‘arb olamini «haqiqiy abadiy din» bo‘lmish Islomga va uning hikmatli ta’limotlariga chorlaydi. Payg‘ambarlar keltirgan shariatlar va Alloh taolo vahiy qilgan qonun-qoidalarsiz bashariyatning baxtli hayot kechirishi aslo mumkin emasligini ishonchli dalil-hujjatlar yordamida isbotlab beradi.
MUNDARIJA
Muallif haqida
Islomga marhabo!
Muqaddima
Dindorlik
Bular qanday ta’limotlar?
Islom va inson tabiatining ehtiyojlari
Ibrohim, uning otasi va qavmi
Borliq va ne’matlar haqida tafakkur
Insonning hozirgi asrdagi mas’uliyati
O‘zni tanish orqali Parvardigorini tanish
Islom shoirlari Xoliqning mavjudligi haqida
Har bir maxluqning Xoliqning borligini sezishi
Shu xususdagi hikoyalardan
Uning yagonaligi
Mushrik va dehqon
Boshqa oyatlar
Iyso alayhissalom haqida haq so‘z
Yanada ko‘proq bilish va ishonish uchun
Yahudiylarning Iyso haqidagi gaplari
botil ekani va iysoning osmonga ko‘tarilishi
Qo‘shimcha foyda
Iysoning tushishi va ahli kitobning
unga iymon keltirishi
O‘zlari guvohlik berishadi
Bayonotlar rivoyati
Boshqa bir hujjat
Matndan ba’zi parchalar
Yaratgan Xoliqqa ibodat qilish
Bu boradagi ayrim mulohazalar
Islomning boshqa arkonlari va ahkomlari
Havo safarlaridan xursandligim

