AQShdagi fuqarolar urushining surronli yillari, o'tmish xarobalari va hayot sinovlari qarshisida bosh egmagan go'zal Skarlett O'Hara! Margaret Mitchellning jahon adabiyoti xazinasidan joy olgan ushbu asari chinakam matonat, o'zgarmas g'urur hamda Skarlett va Rett Batler o'rtasidagi to'fonli, nozik va murakkab munosabatlar haqida hikoya qiladi. Har bir sahifasi tuyg'ular to'foni bilan yo'g'rilgan ushbu roman qalbingizda o'chmas iz qoldiradi.

