Inson - ruh va tanadan iborat sharif borliq. Uni Alloh mavjudotlarning eng mukammali sifatida yaratgan. Shu bois hayot sinovlari qarshisida taslim bo'lishga haqqi, qiyinchiliklar zalvoridan tiz cho'kishga huquqi yo'q. U tabiatan kuchli, irodali. Lekin shu kuch va irodani yuzaga chiqarish, kashf etish kerak. Buning uchun esa kishi o'zini anglashi, o'zligini topishi lozim.

