Ravshan – “Goʻroʻgʻli” turkumiga mansub oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining eng goʻzal ishqiy-romantik dostonlaridan biridir . Asar birinchi marta 1928-yilda folklor olimi Hodi Zarif tomonidan mashhur baxshi Ergash Jumanbulbul oʻgʻli ogʻzidan yozib olingan va 1941-yilda nashr etilgan . Doston oʻzbek va turkman xalqlari orasida keng tarqalgan boʻlib, asrlar davomida xalq baxshilari tomonidan kuylanib kelinmoqda .
Doston syujeti Goʻroʻgʻlining nevarasi Ravshanning xosiyatli uzukda Shirvon malikasi Zulxumorning suratini koʻrib, unga oshiq boʻlishi va uni izlab yoʻlga otlanishi bilan boshlanadi . Ravshan yoshligi va soddaligi tufayli osongina bandi etilib, zindonga tashlanadi, ammo u Qoraxon aʼyonlarining dinini oʻzgartirish haqidagi taklifini rad etib, oʻz eʼtiqodidan kechmaydi . Muhabbat uchun chekilgan iztirob iymon yoʻlidagi azobga aylanadi .
Dostonda Ravshanning jasorati, vatan va sevgi yoʻlidagi kurashi ulugʻlanadi, zulm va adolatsizlik qoralanadi . Badiiy jihatdan juda boy boʻlgan ushbu asar qofiyali nasr (saj)ning goʻzal namunasi boʻlib, sheʼriy qismlari asosan yetti, sakkiz va oʻn bir boʻgʻinli barmoq vaznida ijro etilgan .
📚 Kitob haqida
✍️ Muallif: Xalq Og'zaki Ijodi
📕 Muqova: qattiq
📄 Sahifalar soni: 208
🛒 «Ravshan» kitobini savatga qo‘shing — o‘zingiz uchun yoki yaqinlaringizga sovg‘a sifatida.

