Kitob Haqida
Barcha kerakli ishlarni bajarishga jismonan vaqtingiz yetmayaptimi? Bunga umid qilmang, - deydi Brayan Treysi. - Muhim va ahamiyatsiz ishlarni farqlay olmaganingiz uchun o‘zingizni o‘zingiz chalg‘ityapsiz, bundan ham yomoni - muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ishga kirishishga shoshilmayapsiz. Sizni doim birinchi qadam to‘xtatib qoladi: o‘zingizni yengishni o‘rganing - hayotingiz o‘zgaradi. Mark Tven aytganidek, "ertalab birinchi navbatda qurbaqa yesang, kunning qolgan qismi ajoyib o‘tadi". Bu dunyodagi barcha maqsadlaringiz ro‘yxatini tuzing, ularni ahamiyati va ketma-ketligiga qarab tartiblang, har biriga erishish rejalarini - bir yilga, bir oyga, bir haftaga va har kuni uchun yozing. Katta ishlarni bosqichlarga bo‘ling, har doim bajarish muddatini belgilang. Qaysi kasbiy ko‘nikmalaringiz yetishmayotganini tushunib oling va ularni egallang, o‘z sog‘lig‘ingiz va jismoniy tayyorgarligingizga e’tibor bering. Ehtimol, eng muhimi, yaqin va qadrli insonlaringizni unutmaslikdir: axir siz aynan ular uchun yaxshiroq ishlashga va ko‘proq yutuqlarga erishishga intilyapsiz-ku.

