Bolalarga ingliz tilida erkin va ravon o'qishni o'rgatuvchi mashhur Oksford darsliklar seriyasining 5-yakuniy qismi!
Ushbu bosqichda bolalar murakkab harf birikmalari (Letter Combinations — ar, er, ir, or, ur, oi, oy, ou, ow va boshqalar) hamda ularning o'qilish qoidalarini to'liq egallaydilar. To'plam tarkibiga Asosiy kitob (Student Book) va Mashq daftari (Workbook) kiradi. Ushbu qismni yakunlagach, bola ingliz tilidagi deyarli barcha so'zlarni mustaqil va to'g'ri o'qish ko'nikmasiga ega bo'ladi.

