Bolalarga ingliz tilida o'qishni va to'g'ri talaffuzni chuqurlashtirish uchun mo'ljallangan mashhur Oksford darsligining 3-qismi!
Ushbu bosqichda bolalar uzun unli tovushlar (Long Vowels — a_e, i_e, o_e, u_e va boshqalar) hamda ularning birikmalarini o'rganadilar. To'plam tarkibiga Asosiy kitob (Student Book) va Mashq daftari (Workbook) kiradi. Rang-barang tasvirlar, qiziqarli mashqlar va hikoyachalar orqali bola so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish hamda mustaqil o'qish ko'nikmasini yanada oshiradi.

