“Kitoblar oshxonasi” — qalbga sokinlik baxsh etuvchi, hayot haqida mulohazaga chorlaydigan koreys romani.
Asar kichik pansionat va kafeda kechadi. Bu yerga hayot yo‘lida adashgan, muhim qaror oldida turgan, ichki qo‘rquv va umid o‘rtasida qolgan insonlar keladi. Pansionat egasi Yu Chjin har bir mehmoniga didiga mos kitob va bir piyola qahva taklif etadi. Shu oddiy, ammo samimiy muhitda qahramonlarning ichki olami ochila boshlaydi.
Oltita mehmon — oltita taqdir.
Suhbatlar, kitoblar va sokin muhit orqali inson o‘zini qayta kashf etadi.
Bu roman o‘quvchini sekin o‘qishga, o‘z qalbini tinglashga va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga chorlaydi.


