«Olmos kamar» romanida yangi shaharni bunyod etish va obodonlashtirish bilan shug‘ullanuvchi me’morlar — Abror va Sherzodning hayoti, dunyoqarashi va ichki kechinmalari tasvirlanadi. Ularning tarbiyasi, kasbiga munosabati, burch va mas’uliyatni his qilishi, muhabbat va oilaga qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi.
Abror elparvar, adolatgo‘y bo‘lib, milliy urf-odat va an’analarni qadrlaydi. Asarda qahramonlarning murakkab kechinmalari, iztiroblari, xatolari va to‘g‘ri yo‘lni topish jarayoni orqali insonning ma’naviy kamoloti ochib beriladi. Roman kitobxonni mustaqil fikrlashga, hayot qiyinchiliklaridan qo‘rqmaslikka, halollik, or-nomus va mas’uliyatni qadrlashga undaydi.
Muallif: Pirimqul Qodirov. Muqovasi: Yumshoq. Qog'oz turi: Gazeta. Yozuv/tili: Lotin/O'zbek. Sahifalar soni: 448 bet. Nashriyot: Oltin Qalam.
🛒 «Olmos kamar» kitobini savatga qo‘shing — o‘zingiz uchun yoki yaqinlaringizga sovg‘a sifatida.

