• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: oq
• Xatcho‘p Hadya
• Sahifalar 164
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Batafzil o'qing
Darslikda quyidagi masalalar ko‘rib chiqilgan: ma’lumotlar, ma’lumotlar bazalari, bilimlar bazalari va ma’lumotlar saqlagichlari bilan ishlash nazariyasi, metodologiyasi va amaliyoti; kompyuter xotirasida ma’lumotlarni taqdim etish modellari - "mohiyat - aloqa" modeli; ma’lumotlarni taqdim etishning relyatsion modellari, relyatsion ma’lumotlar bazalari; relyatsion ma’lumotlar bazalarini loyihalash; ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish yo‘nalishlari; ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini fizik tashkil etish.
"Bilim" tushunchasining konseptual asoslari shakllantirilgan, bilimlar tushunchasi va ta’riflari, bilimlar bazalari, bilimlarni taqdim etish modellari bayon etilgan. Shu bilan birga, ma’lumotlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan tizimlarni qurish tamoyillari - ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborlarini qurishda foydalaniladigan ma’lumotlar modellari keltirilgan. Ma’lumotlarni himoyalash, ularning xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimining asosiy masalalari ko‘rib chiqilgan.
Darslik barcha mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr va magistrlar, shuningdek, IPK aspirantlari va tinglovchilari uchun mo‘ljallangan.

