"Diqqat": Diqqatni chalg'ituvchi dunyoda super kuchga aylantiring!Ish yoki o'qishga diqqatingizni jamlay olmayapsizmi? Telegram, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni doimiy chalg'ityaptimi? Unda Kel Nyupotning "Diqqat" kitobi aynan sizga kerak! Ushbu kitobda amerikalik professor bir narsaga diqqatni jamlash tobora qiyinlashib borayotgan dunyoda muvaffaqiyatga erishish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar bilan o'rtoqlashadi. Ushbu kitob sizga yordam beradi: Nima uchun zamonaviy dunyoda diqqatni jamlash qiyinligini tushunishga. Chuqur ishlash ko'nikmasini egallash va samaradorligingizni oshirishga. Muhim vazifalarga diqqatni jamlashni va mayda-chuyda narsalarga chalg'imaslikni o'rganishga. Ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi asl rolini anglashga. "Diqqat" – bu quyidagilarni xohlovchilar uchun kitob: O'qish yoki karyerasida muvaffaqiyatga erishishni. Vaqtini samarali boshqarishni o'rganishni. Ortga surib yurishdan xalos bo'lish va intizomliroq bo'lishni. Hayot sifatini oshirishni. Chalg'ituvchi narsalar sizni maqsadlaringizga erishishingizga xalaqit berishiga yo'l qo'ymang! "Diqqat" kitobi yordamida diqqatingizni boshqarishni o'rganing!

