• ISBN 9789910944864
• Qog‘oz formati A5
• Muqovasi Yumshoq
• Betlar soni 160
• Chop etilgan yili 2023
• Nashriyot Турон Замин Зиё
• Yozuv Lotincha
• Til O'zbekcha
• Muallif Xurshid Do‘stmuhammad
Hayot muhabbat bilan go'zal, mehr bilan go'zal. Mehr-muhabbatsiz hayot nihoyatda g'arib va ayanchli bo'lib qolgan bo'lur edi. Inson fe'lidagi eng nozik, eng nafis va eng inja tuyg'ular bir-biriga "devor darmiyon" qo'shni misoli. Sadoqat, sabot, oriyat-hayo, iffat, joziba, poklik - barcha-barchasi Siz-u bizning insoniylik a'molimizni faqat va faqat ulug'laydi, ko'klarga ko'taradi - alqissa, ana shunday fazilatli ne'matlar hamroh bo'lgani uchun ham hayotimiz go'zalligidan faxrlanamiz, quvonamiz, shod-u hurram yashaymiz!
Taniqli adib Xurshid Do'stmuhammadning ushbu kitobiga jamlangan qissa va hikoyalarda ham mazmunan, ham ruhan insonga ato etilgan eng mo'jizalarga boy tuyg'u - MUHABBAT, MEHR-OQIBAT, SADOQAT-U NAFOSAT tarannum etiladi.

