Miroj Chag‘ri Oqtoshing “Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar” kitobi hayotning qiyinchiliklari oldida sabr-qanoatli bo‘lishga, ezgulik va yaxshilik qilishga undovchi ilhomlantiruvchi asar. Muallif Qur’oni Karim suralari, payg‘ambarlar hayotidan ibratli voqealar va jahon mutafakkirlarining hikmatli so‘zlaridan iqtiboslar keltirib, o‘quvchilarni ma’naviy va shaxsiy o‘sish sari yo‘naltiradi. Kitob hayotdagi sinovlarni Allohning imtihoni sifatida qabul qilish, muammolarga yechim izlash va doimo olg‘a intilish zarurligini ta’kidlaydi. Insonning baxti boshqalarni xursand qilishda ekanini, pul bilan sotib olinmaydigan qadriyatlar — tabassum, saxovat va shukronalik tuyg‘usini o‘stirish muhimligini uqtiradi. O‘zbek tiliga Ozoda Ahmedova tomonidan tarjima qilingan ushbu asar o‘quvchilarni o‘z imkoniyatlarini qadrlashga, hayotning har bir onini his qilishga va yutqazgan joyidan yangidan boshlashga chorlaydi. Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan bu kitob ma’naviy uyg‘unlik va ichki baxt topishni xohlovchilar uchun muhim yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.

