Erkin Vohidov (1936-yil 28-dekabr, Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2016-yil 30-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi[1]. Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenin asarlaridan hamda Goethening „Faust“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir.
Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1995-yilda "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan. 1999-yilda esa oliy darajadagi Oʻzbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan.

