• ISBN: 978-9943-28-400-5, Muallif: Asqad Muxtor, Til: O'zbekcha, Yozuv: lotin, Betlar soni: 192, Nashriyot: O’zbekiston, Muqovasi: Qattiq, Qog’oz formati: A5, Bichimi: 84х108 1/32, Chop etilgan yili: 2021
Elimizning atoqli va ardoqli ijodkori, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblaridan biri hisoblanadi. Uning she’r, hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga va xarakterlarga boyligi bilan hamisha o‘quvchini hayajonga solgan. Adibning asarlarida odob-axloq, ma’naviy olami, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklari dadil yoritiladi.
"Hikoyalar xazinasi" rukni ostida nashr etilgan ushbu "Chodirxayol" to‘plamiga uning turli mavzulardagi hikoyalari jamlangan bo‘lib, kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinadi, degan umiddamiz. Taqdim etilayotgan hikoyalarda o‘sha davr ruhini saqlab qolish maqsadida shaharlar va ayrim atamalar nomi asliyatga asosan qoldirildi.
Mazkur hikoyalar to‘plami barcha yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, kitob javoningizni yana bir sermazmun kitob bilan boyitadi.

