Аgar biz undan toʼgʼri foydalana olsak, bizda hamisha yetarlicha vaqt topiladi.
«Samaradorlikning 21 yoʼli» — Brayan Treysi
Аgar sizda :
— Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan;
— Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, oʼqiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni toʼliq ado etishga umid ham qilmayotgan;
— Koʼnglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan;
— Ishlaringizni samarali yoʼlga qoʼyish usullarini har qancha oʼrganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolayotgan boʼlsa, ushbu kitob aynan siz uchun!
Kitob vaqtni toʼgʼri taqsimlash, ish yoki oʼqish jarayonini tashkillashtirish, hayot tarzini oʼzgartirish, natijada qanday qilib samaradorlikka erishish haqida nazariyadan uzoq, aniq maʼlumot va qoʼllanmalarni beradi.
Kitob talabalar, tadbirkorlar, ishchilar, rahbarlar, kuni va vaqtini tartibni solishni xohlaydigan hatto uy bekalariga ham tavsiya qilinadi.

