Nashriyot: Munir
Sahifalar: 130
Muqova: Qattiq
Chiqarilgan yili: 2022
Ushbu kitob mashhur olim, ona tilimizda “O‘kinma” va “Tabassum qiling” kabi asarlari chop etilgan doktor Oiz Qarniy qalamiga mansub. Kitobda muallif baxt-saodatga erishishning yo‘llari, tushkunlikka tushmaslik, mahzunlikdan qutulish, hayot mazmunini to‘g‘ri anglash, qiyinchilikka tushib qolganda undan qutulishning oson yo‘llari haqida bayon qiladi. Shuningdek, insondagi adog‘i yo‘q neʼmatlar zikri, Alloh taologa chin bandalik qilish, Haq taoloning bizga ko‘rsatgan lutf-marhamati, saxiyligi, mehribonligi, yaqinligini his qilish, yaratiqlardan ibrat olish va boshqa mavzular haqida oyatlar, hadislar, hikmatli so‘zlar, hayot tajribalari, pand-nasihatlarni chiroyli uslub, go‘zal bayon orqali qisqa va sodda tarzda ifoda etgan.

