• Astrologiya
• Burjlar siri
• Taqdir bashorati
• Goroskop
• Natal xarita
• O'z-o'zini anglash
• Yulduzlar jadvali
• Sovg'abop kitob
• Boshlanuvchilar uchun qo'llanma
• Astrologiyani o'rganish
Koinotdagi har bir narsa energiya almashinuvi uyg'unligida yashaydi. Yulduzlar, sayyoralar va biz o'zimiz ham ushbu ajoyib jarayonning bir qismimiz. Astrologiya — bu samoviy jismlarning hayotimizga ta'sirini anglashimizga yordam beruvchi o'ziga xos vositadir.
Ushbu to'liq amaliy qo'llanma yordamida siz natal xaritani o'qishni o'rganasiz, har bir burj belgisining kuchli va zaif tomonlari haqida bilib olasiz, Oy belgilari nima uchun muhimligini tushunasiz hamda turli burjlar mosligi bo'yicha maslahatlar va boshqa ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
Siz nafaqat o'zingizni, taqdiringiz va xarakteringizni yaxshiroq anglaysiz, balki o'z hayotingiz bunyodkoriga aylanib, baxtli kelajagingizni o'zingiz shakllantirish (modellashtirish) imkoniyatiga ega bo'lasiz.

