• Asqad Muxtor Chinor
Bu romandan o'rin olgan hikoya va qissalar, ko'p asarlarda bo'lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g'alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi.
Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni "to'g'ri yo'lga solib yuborish"dan o'zini tiyadi. Ortiqcha hayajon Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani "Chinor" romanida yaqqol o'zini ko'rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o'qib-o'rgangan tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo'llashdan cho'chimaganiga guvoh bo'lamiz.

