Kitob haqida
Ushbu kitob 300 dan ortiq milliy bestsellerlar ro‘yxatiga kiritilgan va Wall Street Journal, New York Times va USA Today reytinglarida birinchi o‘rinlarni egallagan. 12 ta nufuzli kitob mukofotiga sazovor bo‘lgan va 26 tilga tarjima qilingan. U Goodreads saytida barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi biznes kitoblaridan biri deb e’tirof etilgan.
Unda tavsiya etilgan metodika oddiy tamoyilga asoslanadi - har bir vaqt oralig‘ida, har bir loyihada, hayotning har bir sohasida e’tiborni faqat bitta vazifaga qaratish lozim. Bir qarashda bu yondashuv utopiyaga o‘xshab ko‘rinadi, ammo chinakam muvaffaqiyatli yoki hatto taniqli insonlar tarixini tahlil qilsangiz, ayon bo‘ladiki, ularning barchasi xuddi shunday yo‘l tutgan - diqqatni bir narsaga qaratib, ajoyib natijalarga erishgan. "Asosiysidan boshla!" kitobining muallifi - Amerikadagi eng yirik ko‘chmas mulk savdosi xoldingi egasi Geri Keller ushbu tamoyilga amal qilish orqali boshqa jarayonlarni nazoratdan chiqarmaslik va samaradorligingizni g‘ayriinsoniy cho‘qqilarga ko‘tarish haqida batafsil so‘z yuritadi.

