• ISBN: 978-9910-9894-7-6, Muallif: Normurod Norqobilov, Til: O'zbekcha, Yozuv: lotin, Betlar soni: 260, Nashriyot: Ochun, Muqovasi: Yumshoq, Qog’oz formati: A5, Bichimi: 84х108 1/32, Chop etilgan yili: 2024
Yozuvchi Normurod Norqobilov ijodining o‘ziga xos jihatlari bisyor. Ma’lumki, inson va tabiat, inson va borliq mavzusi adabiyotda ustuvor o‘rin egallaydi. Jahon adabiyotidagi bu mavzu azaldan mavjud bo‘lib, keyingi yillarda uning kuchayganini kuzatish mumkin.
Normurod Norqobilov tabiatga maftun bo‘lgan, o‘zini uning ajralmas qismi deb hisoblaydigan ijodkorlardan.
Insonning ona-tabiatdan uzoqlashib, o‘z fojeasi bilan to‘qnashayotgani, borliq qonuniyatlarining adabiy-badiiy talqini, bu qonuniyatni yurakdan his etish Normurod Norqobilov asarlarida ustuvor o‘rin egallaydi. Muallif tabiat muhitida turib, ma’naviy, ijtimoiy-psixologik muammolarni ayta olishi, dolzarb g‘oyalarni o‘rtaga tashlashi, ijodi teran falsafaga yo‘g‘rilgani e’tiborga molik. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi muammolar alaloqibat insonning o‘ziga misli ko‘rilmagan fojealar olib kelishi adib asarlarida tabiiy, hayotiy, ham oddiy, jaydari tarzda ifoda etilgan.

