Boshqaruv sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis Marina Vishnyakovaning yangi kitobi rahbarlarni eng ko‘p qiziqtiradigan savollarga — xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiya tizimini yaratish masalalariga javob beradi.
Muallif korxonalarda samarali motivatsiya tizimini shakllantirish bo‘yicha batafsil qo‘llanmani taqdim etadi. Unda KPI, MBTI va boshqa zamonaviy usullar hisobga olingan bo‘lib, turli biznes sohalarida faoliyat yurituvchi mashhur Rossiya kompaniyalari misolida amaliy tahlillar keltirilgan.
Kitob orqali siz bosh buxgalter kabi turli lavozimlar uchun samarali motivatsiya tizimini qanday tuzishni, shuningdek, ishga qiziqishi pasaygan sotuvchilarni qanday rag‘batlantirishni bilib olasiz. Unda moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish omillari, ularni joriy etish sxemalari hamda rahbarlar uchun bosqichma-bosqich tavsiyalar batafsil yoritilgan.
Nashr kompaniya rahbarlari, biznes egalari hamda boshqaruv va xodimlarni motivatsiya qilish masalalariga qiziqadigan barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
🛒 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing!
😊 Batafsil tavsif bilan albatta tanishing.

