XV asr, Imperatorlik Xitoy. Tan Yunsyan — aslzoda qiz. Minglab amaldorlar qizlari kabi uning taqdiri ham oldindan belgilab qo‘yilgan: ichki hovlilarda bir xil hayot kechirish, oyoqlarni bog‘lashning chidab bo‘lmas azoblarini boshdan kechirish, so‘ng esa kelishilgan nikoh va albatta o‘g‘il farzand dunyoga keltirish majburiyati.
Ammo onasi vafot etgach, otasi yosh Yunsyanni shifokor bo‘lgan bobosi va buvisining tarbiyasiga yuboradi. U yerda qiz buvisining rahbarligida tibbiyot ilmini chuqur o‘rganishga kirishadi. Konfutsiylik qoidalariga ko‘ra, erkak tabib ayollarni ko‘rishi mumkin emas, ayol tabib esa qon bilan ishlashi taqiqlangan. Ammo ayollar kasalliklarini kim davolaydi?
Yunsyan va uning dugonasi Meylin butun umrlarini aynan shu ishga bag‘ishlashga qaror qiladilar.
Syujetning kutilmagan burilishlariga boy, o‘quvchini o‘ziga rom etuvchi ushbu roman mashhur yozuvchi Liza Sining navbatdagi muvaffaqiyatli asaridir. U “Qor guli va sirli yelpig‘ich”, “Pion pavilyoni”, “Shanxay qizlari” kabi romanlari bilan tanilgan.
📖 Muqova: yumshoq
📄 Qog‘oz turi: eko
📚 Sahifalar soni: 357
🛒 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shing!
🎁 Sovg‘a sifatida xatcho‘p (zakladka) beriladi.
😊 To‘liq tavsif bilan tanishing!

