Nashriyot: Zabarjadmedia
Tarjimon: Mirzohid Muzaffar
Sahifa: 480 bet
Muqova: Qattiq
Quyosh xudosi va Titanlarning eng qudratli vakili bo'lmish Heliosning xonadonida qiz farzand dunyoga keladi. Keyinchalik g'alati tabiati bilan qondoshlari safidan badarg'a qilingan bu qizning ismi Kirka edi. U na otasi kabi kuchli, na onasi kabi maftunkor bo'lolmadi, yon-atrofida do'st izlab, sevgi istab, oxir-oqibat yolg'izlikka mahkumligicha qolaveradi.
Kimsasiz orolga surgun qilingan Kirka sehr-jodu sirlarini o'rganadi. Mana shu surgunlik davrida afsonalardagi mashhur siymolar - Minotavr, Dedal, uning halokatga mahkum o'g'li Ikar, qotil Medeya va ayyor Odissey bilan uchrashadi.
Madlen Miller Kirka obrazi orqali adabiyotning o'lmas mavzusi bo'lmish muhabbat va uning ayol qalbiga daxldor jihatlarini tahlil etadi.
Kitob ilk bora o'zbek tilida kitobxonlar e'tiboriga havola etilmoqda.

