• Invertor motor
• Past ovoz darajasi
• Siqish tezligi 1200 ay/daq. gacha
• Barabanni tozalash funksiyasi
• Bolalardan himoya funksiyasi
• Bug' bilan tozalash
Invertor motorli QLT kir yuvish mashinasi eng talabchan foydalanuvchilar talablarini qondirish va nozik tozalash uchun sifat, funksionallik va dizayn bo'yicha yuqori talablarga muvofiq yaratilgan va ishlab chiqarilgan qurilma hisoblanadi. Invertor motor yordamida yuqori energiya samaradorligi, past shovqin va uzoq muddatli faoliyatdan bahramand bo'lishingiz mumkin. Raqamli invertor texnologiyasi an'anaviy universal motorga nisbatan kamroq quvvat sarflagan holda pastroq ovoz va kuchliroq ishlash uchun kuchli magnitlardan foydalanadi. QLT kir yuvish mashinasi bilan siz past haroratlarda ham samarali tozalashdan bahramand bo'lishingiz mumkin. To'g'ri tanlangan yuvish dasturi kir yuvish vositasini sovuq suvda ham ko'pikga aylantiradi, bu esa uning mato ichiga kirib, kirni yaxshiroq tozalashini ta'minlaydi, bundan tashqari kiyimning rangi va tuzilishini himoya qiladi. 12 ta yuvish dasturi sizga mos keladigan kerakli mato, harorat yoki vaqtni tanlash imkonini beradi. 1200 ay/daq. gacha bo'lgan siqish esa quritish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.





