Kuchaytiring. Ko‘paytiring. Kipriklaringiz go‘zalligini yanada oshiring! Kipriklaringizning go‘zalligini kuchaytirish, hajmini oshirish va yanada jozibador qilish uchun yaratilgan eng ta’sirli tushimiz bilan tanishing.
U nigohingizga alohida joziba bag‘ishlaydi — kipriklar hajmini 200% gacha oshirib, ularni 84% gacha uzunroq ko‘rsatadi.
Maxsus Double-Impact™ (Ikki tomonlama ta’sir) cho‘tkasi kipriklarga maksimal hajm beris
Lash Intensity Mascara Lash Intensity™ kiprik tushi yordamida kipriklaringizga WOW-hajm effekti bilan jozibali uzunlik baxsh eting.
Maxsus assimetrik dizaynga ega Double Impact™ (Ikki tomonlama ta’sir) cho‘tkasi kipriklarning hajmi va uzunligini vizual ravishda oshiradi hamda tushning surtilib ketishini oldini oladi.
Minerallarga va yuqori samarali pigmentlarga boy formula kipriklarga chuqur qora rang va yanada ifodali ko‘rinish beradi.
Hajm:
Qisqa tukchalar kipriklarga maksimal hajm berish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, tush to‘planishi uchun maxsus bo‘shliq hosil qiladi. Bundan tashqari, tukchasiz bitta qator qo‘shimcha ravishda tushni yig‘ib turadi. Har safar surtilganda, shu bo‘shliqlardagi ko‘p miqdordagi tush kipriklar yuzasiga tushib, ularga sezilarli hajm beradi.
Uzunlik:
Uzun tukchalar har bir kiprikni alohida ajratish uchun mo‘ljallangan “tarash zonasi”ni hosil qiladi. Cho‘tka har bir harakatida tukchalarning maxsus joylashuvi tushni kipriklar bo‘ylab cho‘zib, har bir kiprikni to‘liq o‘rab oladi va ularni vizual jihatdan uzunroq ko‘rsatadi.

