Nafis qora tusha kipriklarga zich, hajmli va chiroyli ajratilgan ko‘rinish berib, nigoh chuqurligini yanada kuchaytiradi va unga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. To‘yingan qora pigment kipriklarni vizual jihatdan yanada to‘qroq va yorqinroq ko‘rsatadi, kontrastni oshirib, ko‘zlarni yanada ochiq va ifodali qiladi.
Elastik cho‘tkacha ko‘plab yumshoq va moslashuvchan tukchalarga ega bo‘lib, har bir kiprikni ildizidan uchigacha mukammal bo‘yaydi. U nafaqat hajm beradi, balki kipriklarni bir-biridan ajratib, yopishib qolishining oldini oladi. Natijada kipriklar uzunroq, qalinroq va tartibli ko‘rinadi.
Maxsus elastik materialdan tayyorlangan dozator cho‘tkacha shakliga moslashib, ortiqcha tushani olib tashlaydi va mahsulotni teng taqsimlaydi. Bu esa komochkalar paydo bo‘lishining oldini olib, birinchi surtishdayoq ideal natija beradi.
Tusha yengil teksturaga ega bo‘lib, kipriklarni og‘irlashtirmaydi va ularning tabiiy egiluvchanligini saqlaydi. Shu bilan birga, uni qatlamlab qo‘llash mumkin — kundalik yengil makiyajdan tortib, yanada yorqin kechki obrazgacha.
Tusha har bir kiprik hajmini oshiradi, ularni ko‘taradi va egilishini ta’kidlaydi, natijada kipriklar 3 baravar qalin va yanada ifodali ko‘rinadi. Kun davomida to‘kilmaydi va komochkalar hosil qilmaydi, mukammal va uzoq davom etadigan natijani ta’minlaydi.

