Asosiy xususiyatlari va qo‘llanilishi
Ushbu professional asbob silikon valiklar (bigudi) ga kipriklarni aniq joylashtirish uchun ishlatiladi. U ikkita ishchi yuzaga ega:
Tishli tomoni: Kipriklarni ildizidan uchigacha ushlash, ularni ajratish va bir-biriga parallel ravishda mahkamlash imkonini beruvchi mayda tishchalar bilan jihozlangan.
Silliq tomoni: Kipriklarni valikga mahkam bosish, tarkiblar surtish va muolajadan so‘ng kipriklarni yelimlash uchun ishlatiladi.
Mahsulot tafsilotlari
Material: mustahkam plastmassadan tayyorlangan bo‘lib, uni ko‘p marta ishlatish va tozalash oson.
O‘lchamlari: taxminiy o‘lchamlari - balandligi 4,5 sm va kengligi 3,3 sm

