• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2022 yil
• Muqova: yumshoq
• Format: 84*108 1/16 (A4)
• Tuzuvchi: Nodirbek Ismoilov
• Sahifalar soni: 544
• Til: o‘zbek tilida
Ushbu testlar to‘plami o‘quvchilarga yangi bilimlar berish va ularning kimyo fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash uchun tuzilgan. To‘plamda kimyo fanining 3 ta bo‘limi(umumiy kimyo, anorganik kimyo va organik kimyo)ga tegishli bo‘lgan 82 ta mavzuga oid 14340 ta test topshiriqlari keltirilgan.
Kitobdagi test topshiriqlari Davlat Test Markazi(DTM)tomonidan 2021-yilda qabul qilingan test tuzishga bo‘lgan yangi talablar va standartlar asosida shakllantirildi. Qo‘lingizdagi testlar to‘plamida keltirilgan barcha test topshiriqlari muallif tomonidan shunday tuzilganki, ularni yechishda hech qanday kalkulyator talab etilmaydi. Ma’lumki, DTM oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlarida kimyo fanidan 3 ta murakkablik darajasidagi testlardan foydalanadi. Sizga taqdim etilayotgan testlar to‘plamida har bir mavzudagi test topshiriqlari murakkablik darajasi oshib borish tartibida birin ketin joylashtirilgan.

