Mazkur qo'llanma kimyodan imtihonlarga tayyorlanuvchi abituriyentlar, kimyo fani repetitorlari uchun yozilgan bo'lib, undan akademik litsey, kollej, maktab o'qituvchilari va o'quvchilari ham foydalanishlari mumkin. Qo'llanma uch qism-dan iborat. Birinchi qism umumiy kimyoga, ikkinchi qism anorganik kimyoga, uchinchi qism organik kimyoga bag'ishlangan.
Qo'llanma abituriyentni ma'ruza matnlari yozishdan xalos etish, ko'proq test yechtirish hamda kimyo repetitorlariga dars o'tishni osonlashtirish maqsadida tuzildi. Qo'llanmada asosan DTM testlarini yechish uchun zarur ma'lumotlar manbalari bilan birga berilgan.
Bu nashr akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklari hamda DTM tavsiya etgan o'quv qo'llanmalari asosida yangi ma'lumotlar bilan to'ldirildi...

