"Kimyo 9-sinf" darsligi umumta'lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2019-yilda qayta ishlangan nashr asosida tayyorlangan. Kitobda davriy qonun va elementlar davriy sistemasi, kimyoviy bog‘lanishlar, elektrolitik dissotsiatsiya, metall va metallmaslarning xossalari, kimyoviy reaksiyalar, amaliy laboratoriya ishlari hamda masala va mashqlar batafsil yoritilgan. Darslik amaldagi davlat ta'lim standartlariga mos ravishda tayyorlangan.

