"Kimyo 7-sinf" o‘quv qo‘llanmasi umumta'lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2022-yilgi o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Kitobda kimyo fanining asosiy tushunchalari, atom va molekulalar, kimyoviy elementlar, moddalarning tuzilishi va xossalari, kimyoviy reaksiyalar, laboratoriya mashg‘ulotlari hamda amaliy topshiriqlar sodda va tushunarli tarzda yoritilgan.

