"Kimyo 7-sinf" o‘quv qo‘llanmasi umumta'lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2017-yilgi o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Kitobda kimyo fanining boshlang‘ich mavzulari, atom va molekulalar, kimyoviy elementlar, oddiy va murakkab moddalar, moddalarning fizik va kimyoviy xossalari, kimyoviy reaksiyalar hamda laboratoriya mashg‘ulotlari sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan.

