💻 Savollar murakkablik darajasiga ko‘ra ikki guruhga ajratilgan: α (alfa) darajadagi savollar oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihoniga, β (betta) darajadagi savollar esa milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun mo‘ljallangan. Mavzular hajman turli qismlarga (A, B, C, D, E… mashqlarga) bo‘lib chiqilgan. Boblar oxirida 30 ta testdan iborat mavzulashgan variantlar berilgan. Ular o‘tilgan mavzularni takrorlash hamda mustahkamlashda qo‘l keladi. Savollar “osondan qiyinga” tamoyilida tartiblangan.

