• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Diyorbek Norov, Nurlan Toshev
• Sahifalar soni: 224
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Mazkur «Kimyo NASAF 2025» nomli variantlar to‘plami umumta’lim maktablarining kimyo fani bo‘yicha bitiruvchilari, abituriyentlar hamda fan o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2025-yilgi test tizimi talablariga to‘liq mos holda ishlab chiqilgan. Kitobda «Bilim va malakalarni baholash agentligi» tomonidan e’lon qilingan spetsifikatsiyalar asosida, grafik va jadvallar bilan boyitilgan, yangi dasturni to‘liq qamrab olgan savollar jamlangan.
To‘plamda nafaqat nazariy bilimlarni sinovdan o‘tkazuvchi, balki tahliliy fikrlashni rivojlantiruvchi, amaliyot bilan uyg‘unlashgan savol-tahlillar ham o‘rin olgan. Har bir test topshirig‘i orqali o‘quvchi yoki abituriyent fanning mohiyatini chuqur anglaydi, mavzulararo bog‘liqliklarni aniqlay oladi.
Mualliflar – Diyorbek Norov va Nurlan Toshev – o‘zlarining tajriba va innovatsion yondashuvlari asosida ushbu kitobni yaratgan. To’plam kimyo fani o‘qituvchilari uchun dars jarayonida qo‘shimcha metodik manba, abituriyentlar uchun esa mustaqil tayyorgarlikda qo‘l keladigan ishonchli vositadir.

