• Sahifa: 230
• Muqova: Yumshoq
• Yozuv: krill
• Nashiryot : Ildiz
• O'lcham: A5
O'z-o‘zidan ma’lumki, sunnat Islom va musulmonlar uchun g‘oyatda muhim manba. Chunki u Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom, ya’ni Alloh taoloning so‘nggi mukammal dinini o‘z hayotlarida to‘liq tatbiq qilib ko‘rsatgan muborak zotning gaplari, ishlari, ma’qullashlari, xalqiy, xulqiy sif atlari va tarjimayi hollari majmuasidan iboratdir.
Qo‘r’oni karimning tafsirini ham sunnatdan o‘rganamiz. Chunki Qur’onning birinchi va bosh mufassiri Payg‘ambarimiz alayhissalomdirlar.
Ma’lumki, Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlari Islom dinining Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi manbai hisoblanadi. Sunnat esa aynan hadis kitoblarida jamlangandir. Hadislar Islom asoslarini, uning insonparvarlik mohiyatini, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy omillarning inson hayotidagi o‘rnini teranroq anglashga xizmat qiladi.

