Kilian – Angels’ Share
• Kimga mos: Ayollar uchun.
• Nota: Kon’yak, dolchin, eman yog‘ochi, tonka dukkagi, vanil, pralin (shokoladli karamel akkordi).
• Hid: Birinchi sepishda issiq kon’yak va dolchin aralashmasi uriladi — go‘yo yangi pishgan shirinlik yoki qimmat desert yonida o‘tirgandek. Keyin eman yog‘ochi bilan birikib, “luxury bar” kayfiyatini beradi. Yakunda esa vanil va pralin notalari yumshoq shirinlik bilan o‘rab oladi.
• Shleif: Kuchli, iliq, xonani to‘ldiruvchi — odamlar “kimdan bu hid kelyapti?” deb qaraydi.
• Mavsum: Kuz, qish, kechki paytlar va sovuq havoda mukammal ochiladi.
• Kimlar sepadi: Har doim diqqat markazida bo‘lishni yoqtiradigan, o‘zini qadrlaydigan, kayfiyatdagi insonlar.
• Qanday joylarga sepiladi: Kechki uchrashuv, tadbir, restoran, maxsus chiqishlar yoki shunchaki kayfiyatni ko‘tarish uchun.
• Xarakter: Iliq, shirin, jozibali va hashamatli. “Bu hid — bir stakan kon’yak ichidagi jannat.”

