Kiko Milano Beauty Box — bu yuqori sifatli dekorativ kosmetika va yuz parvarishi vositalarini o'zida jamlagan mukammal sovg'a to'plamidir. Ushbu to'plam har bir ayol va qizning go'zallik parvarishini to'liq ta'minlash uchun maxsus saralab olingan.
To'plam tarkibiga yuz terisini ideal va silliq ko'rinishga keltiruvchi SPF 25 quyoshdan ҳimoya qiluvchi Weightless Perfection kompakt pudrasi, lablarga maftunkor jilo va namlik beruvchi 3D Hydra Lipgloss, hamda kipriklarga ajralmas hajm va uzunlik beruvchi Ultra Tech + Definition kiprik tushi kiradi. Shuningdek, pardozni tekis va mukammal surtish uchun yoqimtoy dizayndagi go'zallik sponji o'rin olgan.
Yuz parvarishi uchun to'plamda terini chuqur va muloyim tozalovchi maxsus silikon cho'tkali Pure Ritual Care-in-Foam ko'pigi hamda terini oziqlantiruvchi va namlantiruvchi yuz niqoblari mavjud. Kiko Milano mahsulotlari teriga zarar yetkazmaydi, uzoq vaqt davomida o'z ta'sirini yo'qotmaydi va professional darajadagi makiyaj yaratishga yordam beradi. Yaqinlaringiz uchun nafis va foydali sovg'a izlayotgan bo'lsangiz, ushbu to'plam eng to'g'ri tanlovdir!
Ushbu ayollar va qizlar uchun sovga to`plamida ushbu mahsulotlar mavjud:
1. Kiko Milano pudrasi
2. Kiko Milano cho`tkali yuz yuvish ko'pigi
3. Kiko Milano ultra tech definition tushi
4. Kiko Milano "Lip gloss 35" pomadasi
5. Kiko Milano lab uchun kontur qalami
6. Kiko Milano podvodkasi

