• Premium ikki qatlamli muslin — 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan maxsus g‘ijim mato havo aylanishini ta'minlaydi va issiqda bolani terlatmaydi.
• Dazmollash shart emas — muslinning o‘ziga xosligi shundaki, u dazmolsiz ham zamonaviy ko‘rinadi va har safar yuvilganda yanada yumshoq bo‘lib boradi.
• Zamonoviy «Holiday» dizayni — tugmachali erkin kofta va bog‘ichli shortiklar bolaning faol harakatlari uchun qulaylik yaratadi va zamonaviy yozgi ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Kichkintoy malikalar uchun nafis va havodor muslin to‘plami! Ushbu kostyum (kofta va shorti) sifatli paxtadan tayyorlangan bo'lib, yozning issiq kunlari uchun eng yaxshi tanlovdir. Muslin matosi o'zining yengilligi va nafas olish xususiyati bilan ajralib turadi — bola terisi doimo salqin qoladi.
Tugmachali koftacha va uning yelka qismidagi chiroyli burmalar qizaloqlarga o'zgacha shukuh bag'ishlaydi. Hello Kitty printi esa har qanday qizchaning sevimli kiyimiga aylanadi. Bu to‘plam nafaqat ko‘chaga sayrga chiqish uchun, balki uyda kiyish yoki bog‘cha uchun ham juda mos keladi. Matoni dazmollash shart emas, bu esa onalar uchun qo'shimcha qulaylikdir.

