«Kichkintoylar uchun ingliz tili» bolalarga ingliz tilini dastlabki bosqichda o‘rgatishga mo‘ljallangan amaliy o‘quv qo‘llanmadir. Unda bolalarga ingliz tilida sodda gaplar tuzish, savollarga javob berish va kichik hikoyalar aytish kabi boshlang‘ich nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratilgan.
Kitobda turli mavzularga oid so‘zlar, grammatik materiallar, rangli rasmlar, jadvallar va chizmalar berilgan. Ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bolalarga yangi so‘zlarni osonroq tushunish va eslab qolishga yordam beradi.
Qo‘llanmadan maktabgacha ta’lim muassasalarida, boshlang‘ich sinflarda yoki uy sharoitida ota-onalar yordamida foydalanish mumkin. U bolalarning ingliz tiliga qiziqishini oshirish, so‘z boyligini kengaytirish va dastlabki kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

