Agar farzandingiz mustaqil o‘qishni va yozishni o‘rganishni xohlayapti. Bunda unga o‘qish va yozish malakalarini shakllantiruvchi ushbu "Kichkintoylar alifbesi" kitobi yordam beradi. U bolalarni harflar, ular asosida hosil bo‘ladigan bo‘g‘inlar bilan tanishtiradi, keyin so‘z va gaplarni o‘qishga, shuningdek ularni to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatadi. O‘tilgan materialni o‘zlashtirgach, bola kichik matnlarni o‘qishga o‘tadi.
Kitobning “Alifbe” bo‘limi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda bola harflar bilan tanishadi, ular asosida bo‘g‘inlar, so‘ngra so‘zlar va gaplarni o‘qishga o‘rganadi. Ikkinchi qismda hosil qilgan o‘qish malakalarini mustahkamlash uchun matnlar, kichik hikoyalar berilgan.
"Chiroyli yozishni o‘rganamiz" bo‘limi esa bolalarni husnixat asosida chiroyli yozishga o‘rgatishga mo‘ljallangan.

