Amerikalik noshir Tomas Nayloning iltimosiga binoan o‘sha zamon qizlariga atab yozilgan "Kichkina xonimlar" Luiza Mey Olkottning eng mashhur, jahon adabiyoti ro‘yxatlarida o‘rniyu eʼtirofini topgan romanlardan. To‘rt opa-singil - Meg, Jo, Bes va Emining biri boshqasinikiga o‘xshamas feʼli, sarguzashtlari, pokiza orzulari betakrorligi bilan ajralib turadi.
Ushbu kitob qisman biografik asar hamdir. Muallif o‘z opa-singillarini prototip qilib tanlaydi va "Jo aslida menman" deya kundaliklarida qayd etadi. Yozuvchi nohaqlikka isyon, qiz bolaning oila, ro‘zg‘or tashvishlariga ko‘milib emas, jamiyatga manfaatli ishlarga ham hissa qo‘sha olishiga diqqatni qaratadi. Vatan, sadoqat, burchga masʼuliyat kabi muqaddas tushunchalar hech ohorini to‘kmasligini balog‘at yoshidagi qizlar misolida tasvirlaydi. O‘smirlik dunyosining tezob, ammo behad chiroyli yillari shu yoshdagi kitobxon qatori o‘sha pallalarni boshidan kechirgan kattalarni ham qiziqtirishi aniq.

