• O‘zbekstonda ishlab chiqarilgan
• Pishiq mebel matosi
• Uzoq muddat xizmat qilib berish
• To‘ldirgich - xollofayber
• Mushuklar uchun mo‘ljallangan
• Zoti mayda itlar uchun mo‘ljallangan
• Kir yuvish mashinasida yuvilish
Uy hayvoningiz uchun shinamlik va universallik Tasavvur qiling, sevimli mushuk yoki itingiz har doim – na juda tor va na juda keng bo‘lgan – bekami-ko‘st joyda uxlaydi. «Savatcha» («Korzinka») Transformer-yotog‘i aynan shu maqsadda yaratilgan: u o‘lcham, yosh va mavsumga moslashib, yil davomidagi shinamlikni ta’minlaydi. Yuqori sifatli materiallardan, hech qanday vositachilarsiz O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, shu tufayli uning narxi aynan ishlab chiqaruvchi tayinlgan qiymatda, sifat esa — yuqori miqyosli. Zoti mayda (vazni 10 kilogrammgacha) mushuklar va itlar uchun juda bop bo‘lib, shahardagi har bir santimetri sanoqli bo‘lgan xonadonlarga juda mos keladi. Nuqul yangi to‘shama sotib olaman, deb ovorai-sarson bo‘lib yurishni butunlay unuting - «Savatcha» («Korzinka») qaramog‘ingizdagi suyukli uy hayvoningiz bilan birgalikda unib-o‘sib, 5+ yil xizmat qilib beradi.
Texnik tafsilotlar
O‘lchamlar va transformatsiya: Uchta holat:
To‘liq yig‘ilgan (savatcha): diametri 43 sm, hoshiyasining balandligi 16 sm – vazni 5 kg gacha bo‘lgan kichkintoylar uchun, yelvizaklardan maksimal muhofaza.
Oraliq holat: voyaga yetgan uy hayvonlari uchun gibrid variant (5-7 kg), ixchamlik va makon uyg‘unligi.
Yassi to‘shama: diametri 65 sm, qalinligi 7 sm - issiq mavsum yoki vazni 10 kilogrammgacha bo‘lgan katta yoshdagi jonivorlar uchun, hatto qish sharoitida ham sovqotishga yo‘l qo‘ymaydi.
Materiallar: Tajovuzlarga (vandalizmga) bardoshli mebel bop mato (tirnoq va tishlar ta’siriga chidamli, Martindale standartlari bo‘yicha 20-50 ming ishqalanish sikliga bardosh beradi). To‘ldirgich - zich xollofayber (gipoallergen, turli-tuman hidlarni o‘ziga singdirmaydi, 500+ siqilishdan so‘ng ham o‘z shaklini yo‘qotmaydi).
Vazni va butlamasi: Yengil (taxminan 0,6 kg), ixcham qadoqda yetkazib beriladi.
Ranglari: Kulrang (neytral, har qanday intererga ham mos kelaveradi).
Afzalliklari va foydali ekanligi
Turmush tarziga moslashuvchanliki: Qayd etuvchiga ega (kurtka kapyushonidagi singari) bog‘ich vositasida transformatsiya qilish – hech qanday asboblarsiz yoki sezilarli kuch sarflamasdan – bir necha soniyada bajariladi. Kuchukchalar/mushukchalar (o‘lchamli kichikroq bo‘lgan) va voyaga yetgan jonivorlar (o‘lchamli kattaroq bo‘lgan) uchun bekami-ko‘st bo‘lib
Shinamlilik va salomatlik: Baland hoshiyalar yelvizaklarni to‘sib, xollofayber issiqlik izolyatsiyasini ta’minlaydi (oyoqlarni sovuq poldan muhofazalab, issiqlik yo‘qotilishini 20 foizga kamaytiradi). Gipoallergen - uy hayvonlarining 95 foizida bezovtalik keltirib chiqarmaydi, jun yoki hidlar yig‘maydi.
Parvarishlash mobaynidagi qulaylik: Kir yuvish mashinasida 30°C haroratda butunlay yuva olish imkoniyati. Asrab qo‘yish yoki sayohat qilish mobaynida ixchamlikning ta’minlanishi.
Uzoq xizmat qilib berish muddati: Testlarga asoslanib (kavaler king charlz spaniel taalluqli shaxsiy tajribaga asoslanib: 4-yil davomida biror marotaba ham shikastlanmagan), me’yoriy sharoitlarda ishlatilgan taqdirda 5+ yil xizmat qilib beradi.
«Savatcha» ("Korzinka") kimlarga mos keladi? Xonadonlardagi mushuklar va zoti mayda itlarning sohiblariga: shinamlik, makon sahnini tejash va soddalikni qadrlaydiganlar uchun. Ko‘cha uchun (namlikni singdiradi) yoki zoti yirik (>10 kg) jonivorlar uchun mo‘ljallangan emas. Agar oilangizda allergiya moyil kishi yoki uyingizda yelvizak mavjud bo‘lsa – ushbu narsa aynan must-have.

