📚 Go'zalxon Xamidova — Kichik kashfiyotchi
👶🧩 Har bir bola tug‘ilgan onidan boshlab atrofidagi olamni o‘rganishga intiladi. "Kichik kashfiyotchi" kitobi aynan shu tabiiy qiziqishni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan amaliy qo‘llanma bo‘lib, Montessori yondashuvi asosida 0–3 yoshli bolalar bilan shug‘ullanish uchun foydali tavsiyalar va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni jamlaydi. Kitobda bolaning mayda motorikasi, mantiqiy fikrlashi, diqqatini jamlashi, mustaqilligi va kundalik hayot ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladigan mashqlar keltirilgan. Mashg‘ulotlarning aksariyatini maxsus jihozlarsiz, uyda mavjud oddiy buyumlardan foydalangan holda bajarish mumkin. Ushbu kitob farzandining ilk rivojlanish davrini mazmunli, foydali va qiziqarli o'tkazishni istagan ota-onalar hamda pedagoglar uchun yaxshi yordamchi bo‘la oladi. 🌱✨

