Uzoq-uzoqlarda, qudratli tosh kemaning tumshug‘idagi ulkan o‘ymakor shakl kabi fazoni kesib, O‘lka cho‘zilib ketgan. Uning yerlariga dahshatli qurg‘oqchilik tushdi: o‘n yillar davomida bu yerda bir tomchi ham yomg‘ir yog‘magan edi. Uchar toshlar paydo bo‘lgan bog‘lar nobud bo‘lmoqda... Ammo bu hamma tomonidan unutilgan Oliy Akademik Voksning makkorona rejalar tuzishiga xalaqit bermaydi, Muttaham Korodyor esa boshiga tushgan og‘ir sinovlarga qaramay, tez orada osmonda yana havo kemalarini ko‘rishiga ishonadi...

