Taqdir insonni tark etmaydi. Bu har doim qayta-qayta yoziladi. Shunday paytlar bo‘ladiki, "Men bunday qilmayman" deysiz, lekin siz buni qilishingiz kerak. "Bundan ortiq chiday olmayman," deysan-u, chidaysan. "Men buni yoqtirmayman," deysiz, lekin bu sizga yana yoqadi. "Men taslim bo‘lolmayman," deysiz, ammo bir lahzadan so‘ng taslim bo‘lishingiz mumkin. "O‘ldim" deysan-u, yashayverasan.
Hayotda o‘z manzilini topolmagan so‘fiy va yosh qiz o‘zligini anglash, o‘zligini qaytadan kashf etish uchun yetti kunlik safarga birga otlanadilar. Ular o‘zlarini oldinda nima kutayotganini bilishmaydi. Taqdirdan boshqa ishonadigan, suyanadigan narsa yo‘q.
Ular yetti kun shaharma-shahar pulsiz, oziq-ovqatsiz va eng muhimi, rejasiz sayohat qilishadi va boshlagan joylariga qaytgach, endi hech narsa avvalgidek bo‘lmasligini tushunishadi.
Inson yetti kunda o‘zgarishi mumkinmi?
Taqdirni qayta yozish mumkinmi?
Albatta, yetti kun ichida hamma narsa o‘zgarishi mumkin...
Qamishzordagi yolg‘iz qamish yetti marta sayqallansa, yoqimli ovoz chiqaradigan "nay"ga aylangani kabi...

